Biz

Kimmiz

MJ Developers — majmuali aqlli shaharlarni yaratishga ixtisoslashgan strategik developerlik tashkiloti. O‘zbekistonga alohida eʼtibor qaratgan holda, rivojlanayotgan bozorlarda premium darajadagi aqlli shaharlarni rivojlantirish va sarmoyalar tashkilotning asosiy vazifasi sanaladi. Biz iqtisodiy qadriyatlar yaratish bilan bir vaqtda ko’chmas mulkdagi innovatsion va yuqori sifatli mahsulotlarimiz tufayli turmush darajasini oshirishga yordam beramiz.

MJ Developers kompaniyasi janob Murari Jalan tomonidan ko’chmas mulk sohasidagi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan va rivojlanayotgan bozorlarda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka sezilarli ta’sir ko’rsatadigan kompaniyani yaratish maqsadida tashkil etilgan. Turli mamlakatlarda, shu jumladan Braziliya, Hindiston, Rossiya, Yaponiyada 40 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan janob Jalan, rivojlanayotgan bozorlarda turli xil global tajribaga ega bo’ib, bu unga odamlarning hayotiga, ishiga va dam olishiga tarziga ta’sir ko’rsatadigan turmush tarzini yaxshilash uchun samarali yechimlar zarurligini anglashda yordam berdi.

Jamoamiz turli sohalar va ixtisoslashgan sektorlarning yetuk professionallaridan iborat. Yosh va g’ayratli jamoamiz zarur bilimlarning keng spektrini birlashtirgan holda, innovatsion va hayotiy loyihalari orqali ijtimoiy qadriyatlar yaratishga yo’naltirilgan MJ Developers qarashlariga o’zini bag’ishladi.

Qadriyatlarning mustahkam poydevoriga asoslangan va mas’uliyatli korporativ fuqaro sifatidagi tashkilot — MJ Developers o’z biznesini rivojlantirishda jamiyatning qanday rol o’ynashini yaxshi biladi. Natijada, tashkilot ijtimoiy muammolarni hal etish uchun qishloq joylariga alohida e’tibor qaratgan holda, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish bo’yicha kompleks strategiyani qabul qildi. MJ Developers «Ishonch» dasturini yaratdi, bu ta’lim va savodxonlik, turizm, oziq-ovqat, xavfsizlik, tadbirkorlikdan tortib va boshqa ko’plab sohalargacha ijtimoiy muammolarni doimiy ravishda hal qilishga qaratilgan jamoalar rivojlanishining integratsiyalashgan markazidir.

Falsafamiz

Tirishqoqlik, qat’iyatlilik va professionallik bizning barcha harakatlarimizda mukammallikka erishish qobiliyatimizni belgilaydi.

Missiyamiz

Bizning barcha sa’y-harakatlarimiz yangi turmush tarzini qurish va ko’chmas mulk sohasida ijtimoiy va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, shuningdek dunyoning eng yaxshi uy-joy quruvchilaridan biri bo’lish uchun innovatsion imkoniyatlardan foydalanish orqali turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan. Fundamental qadriyatlar va prinsiplarning keng tizimi missiyamizni bajarishda tezkor yondashishimizni belgilaydi.

Istiqboldagi rejamiz

Butun MDHda va biz faoliyat yuritadigan boshqa mintaqalarda innovatsion integratsiyalashgan aqlli shaharlarning eng yaxshi va taniqli brendiga aylanish istiqboldagi rejamizdir.

Bizning

Loyihamiz

Tashkilotning ilhomlantiruvchi portfeliosiga uchta integratsiyalashgan 200 gektardan ortiq maydonni egallaydigan aqlli shaharlar (Namangan Square – Namangan shahri, Toshkentdagi Minerva City – Sergeli va Lake City – Bektemir) va Buxoroda 228 nomerdan iborat ajoyib to’rt yulduzli mehmonxona kiradi.

Menu